Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Test sinovini amalga oshirish va yangi o‘quv materiallarini yaratish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi


       “O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro muloqot qilish maqsadida Oksford universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
       Mazkur hamkorli doirasida Oksford universiteti nashriyotining xalqari treniri Martin Kurts tomonidan 19-20 iyun kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida “Test sinovini amalga oshirish va yangi o‘quv materiallarini yaratish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi” deb ta’kidlaydi Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi mudiri M.Ismatova o‘z intervyusida.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati

 

chop etish