Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

West-Point harbiy akademiyasi kursantlari SamDChTIda til o‘rganishdi


 Avval xabar qilganimizdek, AQSHning West-Point harbiy akademiyasi kursantlaridan iborat guruh SamDChTIda fors va rus tillarini o‘rganish uchun tashrif buyurgan edi. 
       Ikki hafta davom etgan o‘quv kursi yakunida harbiy akademiyasi kursantlari bilan SamDChTI prorektori F.Ro‘ziqulov boshchiligidagi rahbariyat xodimlari uchrashuv o‘tkazishdi. Unda AQSHlik tinglovchilar SamDChTIda tashkil etilgan kurslar ular uchun juda foydali va qiziqarli bo‘lganini bildirib o‘tdi. Shuningdek, talabalar ikki hafta davomida o‘zbek oilalarida yashashib, Samarqand shahrining tarixiy obidalari, o‘zbek madaniyati, o‘zbek oilasining urf-odatlari bilan yaqindan tanishganlaridan juda mamnun ekanliklarini ta’kidlashdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati

 

chop etish