Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Janubiy Koreyaning Chosun Universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi


     2019-yil 22-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Chosun Univeristeti xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha direktori Sangro Kwon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishdi.
       Mehmonlarni Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar kutib olishdi va  rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Rasmiy uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqaralarini o‘rnatish, talabalar almashinuv dasturini amalga oshirish hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilish borasida muzokaralar olib borildi.
        Uchrashuv so‘ngida SamDChTI hamda Chosun Universiteti o‘rtasida Hamkorlik memomorandumi imzolandi.

chop etish