Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

Institut talabalari AKT vositalarida onlayn test topshirmoqdalar


 Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetida fanlar yuzasidan yakuniniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda. Bunda talabalar “Til ko‘nikmasi integratsiyasi”, “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti” va shu kabi mutaxassislik fanlaridan yakuniy nazorat testlarini zamonaviy kompyuterlarda onlayn tarzda topshirmoqdalar. 

       Imtihon jarayonida Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi mudiri M.Ismatova, professor-o‘qituvchilardan S.Sarimsoqovlar talabalarga imtihon yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib bormoqdalar.

       Imtihon yakunida “Biz muhtaram Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” deb nomlangan 5 tashabbusdan “Axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”ga qaratilgan uchunchi tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida 1-bosqich talabalarimizni AKT vositalari bilan yaqindan muomala qilishi uchun ko‘nikmalarini shakllantiryapmiz” deb o‘z fikrlarini ta’kidlab o‘tdi M.Ismatova.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish