Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Madaniyatlararo muloqot O‘zbekiston turizmi nigohida: tajriba, dolzarb muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-yil 27-iyun kuni “Madaniyatlararo muloqot O‘zbekiston turizmi nigohida: tajriba, dolzarb muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman institut rahbariyati hamda Roman-german tillari fakulteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusida o‘tkazildi. 
      Bunda xojirdan kelgan mutaxassislar, Respublika OTMlari professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, institutning sohaga qiziquvchi magistrant va bakalavr talabalari o‘zlarining maqola hamda tezislari bilan ishtrok etishdi. 
       Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekistondagi turizmni rivojlantirishning istiqbollari, muloqot jarayonida lingvomadaniy xususiyatlarning voqeylanishi, madaniyatlararo muloqot xorijiy til ta’limining yetakchi omili sifatida kabi masalalarga oid maqolalar ma’ruza qilindi. Anjumanda 200 dan ortiq ishtirokchilarning maqola va tezislari o‘zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda tinglandi.


     Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish