Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Jeju milliy universiteti bilan Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda


Samarqand davlat chet tillar instituti Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti bilan uzoq yillar davomida ta’lim, fan, ilmiy-tadqiqiqot, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini davom etkazib kelmoqda.
Hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.   
Joriy yilning 28-iyun kuni institutga Jeju milliy universiteti Xalqaro hamkorlik markazi direktori Kang Chul-Seung tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti vakuillari institutimizga koreys tili o'qitilishiga doir o‘quv va uslubiy adabiyotlar ham sovg‘a qilishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish