Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Buyuk Britaniyaning Aston universiteti mutaxassislari SamDChTIda seminar-trening tashkil etishdi


 Avval xabar berganimizdek, 2019-yil 24-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning Aston universitetidan ikki nafar mutaxassislar Arab tili o‘qituvchisi dotsent Lafdi Ghizlane hamda Xitoy tili o‘qituvchisi dotsent Qiaochao Zhanglar tashrif buyurishgan edi.
       Mutaxassislar 24-28 iyun kunlari SamDChTIning Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili va xitoy tili yo‘nalishi talabalari hamda o‘qituvchilarga seminar-treninglar tashkil etishdi.
        28-iyun kuni o‘qituvchilarning faoliyati yakuni bo‘yicha rasmiy uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvda institut Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektor Sh.S.Ashurov hamda Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupovlar ishtirok etishib, mutaxassislarning mahoratini yuqori baholashdi, kelajakda mutaxassislarni yana SamDChTIda ko‘rish istagini bildirishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish