Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Humboldt Universiteti bilan hamkorlik aloqalari


Samarqand davlat chet tillar instituti va Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt Universiteti bilan professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi bo’yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 24-30 iyun kunlari SamdCHTI o’qituvchilari tomonidan Humboldt Universiteti talabalari uchun seminarlar tashkil etildi va ma’ruzalar o’qildi. Universitetning Markaziy Osiyo va Afrikashunoslik instituti talabalariga o’zbek tili va o’zbek tili grammatikasi bo’yicha seminarlar, O’zbekiston tarixi, O’zbekiston iqtisodiyoti, keying yillarda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida ma’ruzalar tashkil etildi.

Tashrif davomida, shuningdek, universuitetlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida muzokaralar o’tkazildi. Keying yillarda amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, joriy yilning 9-27 sentabr kunlari SamDCHTIda germaniyalik talabalar uchun navbatdagi “O’zbek tili va madaniyati, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand” nomli yozgi kurs tashkil etiladi.

chop etish