Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Oliy ta’lim tizimi reytingini xalqaro doiraga ko‘tarish


        Fan, ta’lim, sog'liqni saqlash, sport sohalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi A.Abduvohidov hamda Samarqand viloyatidagi OTMlari rektorlari va rahbar xodimlar, shuningdek, davlat tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida joriy yilning 4-iyun kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
      Unda Samarqand davlat chet tillar instituti ham faol ravishda ishtirok etdi.
       Uchrashuvda oliy ta’lim tizimi reytingini xaqaro doiraga ko‘tarish va uning faoliyatini takomillashtirish, jumladan, oliy ta’lim muassasalari faoliyati, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilinilishi, ilg‘or xorijiy o‘quv hamda ilmiy adabiyotlar va jurnallarni xarid qilish ishlariga keng imkoniyatlar yaratish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va o‘quv jarayoniga joriy etish kabi masalalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi A.Abduvohidov.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish