Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Uchinchi O‘zbekiston – Yaponiya rektorlari xalqaro konferensiyasi


 Yaponiya vakillar Palatasi deputati, ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining parlament o‘rinbosari Hiroyuki Nakamura rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.  
Joriy yilning 8-9 iyul kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Globalizatsiya davrida yosh iqtidorlarni tarbiyalash va tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish mavzusidagi O‘zbekiston – Yaponiya tajriba almashinuvi” nomli Uchinchi O‘zbekiston-Yaponiya rektorlari xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan konferensiyada Samarqand davlat chet tillar institut rektori I.Tuxtasinov va Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupovlar ishtirok etishmoqda.    
Konferensiya doirasida Yaponiya OTMlari bilan muzokaralar olib borilishi hamda shartnomalar imzolanishi rejalashtitilgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish