Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

AQSHlik mutaxassis Peter Barsoum faoliyati


Hammaga ma’lumki, Samarqand davlat chet tillar institutida qator xorijiy OTMlarining malakali, tajribali mutaxassislari faoliyat ko’rsatib keladi. Shu qatorda amerikalik mutaxassis Peter Barsoum ham institutda ingliz tili o’qituvchisi sifatida samarali faoliyat olib bordi va  o’z faoliyatini yakunladi.
       2018-2019 o’quv yili davomida institut talabalariga ingliz tilidan saboq bergan Peter Barsoum turli jamoat tadbirlarida ham faol ishtirok etdi. Shuningdek, to’garaklar va suhbat klublarini tashkil etib, talabalarning chet tillariga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
        Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov Peter Barsoumga jamoa nomidan minnatdorchiligini izhor etgan holda o'zining tarjima asarlari(roman)dan birini tuhfa etdi.
        2019-2020 o’quv yili rejalariga ko’ra yana bir AQSHlik mutaxassis Marcel Vivianna SamDChTIda faoliyat olib boradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish