Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Qabul komissiyasi” ish faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov SamDChTIga tashrif buyurdi


 Hozirgi vaqtda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Davlat xizmatlar markazlarida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) ishlari juda qizg‘in tus olgan. Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari avjiga chiqqan vaqt. 
       Samarqand davlat chet tillar institutida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun bir qancha qulay imkoniyatlar yaratilgan. Institut “Qabul komissiyasi” ish faoliyati bilan  tanishish maqsadida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov tashrif buyurdi va qabul komissiyasi, xususan, maslahatlar markazi, call-sentr, ro‘yxatdan o‘tish xonalari, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti  matbuot xizmati

chop etish