Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Parij akademiyasi va SamDChTI: kelgusida hamkorliklar amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4037-son qarori bilan tasdiqlangan “2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida ko‘p rejali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar va Toshkent shahrida O‘zbek-Fransuz ta’lim forumini tashkil etish topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Fransiya Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi bilan tegishli ishlarni amalga oshirdi. 
        Xususan, O‘zbek-Fransuz ta’lim forumida qatnashish istagini bildirgan OTMlar rahbarlari va vakillarning dastlabki ro‘yxati shakllantirildi.
O‘zbek-Fransuz ta’lim forumini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy yilning 15-iyul kunida O‘zbekiston Respublikasiga Fransiya OTMlari rektorlari hamda soha vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Fransiya delegatsiyasi 16-iyun kunida Samarqandda bo‘lishdi va Samarqanddagi OTMlari rektorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
        Uchrashuvda tomonlarning o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida shartnoma imzolandi. O‘z navbatida Samarqand davlat chet tillar instituti va Parij akademiyasi o‘rtasida kelgusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularning malakasini oshirish kabi bir qator ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish