Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xalqaro aloqalar: SamDChTI navbatdagi OTM bilan hamkorlik o'rnatdi


Ko‘rinib turibdiki, hozirda zamon talabiga ko‘ra shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri ta’lim sohasidir. Yurtimizdagi ko‘plab oliygohlar hamda xorijiy nufuzli oliygohlar o‘rtasida juda ko‘plab xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda. Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida respublika OTMlari o‘rtasida dastlabki o‘rinlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti va Janubiy Koreyaning Hallym universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Joriy yilning 17-iyul kuni Hallym universitetining xalqaro ishlar ofisi boshlig‘i janob Bong Koo Jeong va koordinatori janob Hanseo Leelar bilan SamDChTIda bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda o‘zaro talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar tashkil etish hamda ilm-fan sohasida  hamkorlik Memorandumi imzolashga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish