Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTI akademik litseyi: xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishi yangi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 9-iyuldagi “Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish  va natijalarni e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qo‘shma Qarorga ko‘ra joriy yilning 19-iyulida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari o‘tkazildi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida ota-onalar videokuzatuv orqali imtihon jarayonini kuzatib borishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, sinov o‘tkazilgan auditoriyalarning har biriga va binoning uchta qavatiga ham ota-onalar ichidan tanlab olingan vakillarning jonli kuzatuvlari ta’minlandi.

2019-2020 o‘quv yiliga dastlabki tanlovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan 478 nafar o‘quvchining hujjatlari qabul qilindi. Shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz joizki, 2018-2019 o‘quv yilida akademik litseyning qabul kvotasi 460 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 2019-2020 o‘quv yilida qabul kvotasi 364 nafar etib belgilandi. Tasdiqlangan umimiy kvotalardan  260 nafari xorijiy yo‘nalishlardadir. 2019-2020 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishi tashkil etildi va bu yo‘nalishga ham 26 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan xorijiy yo‘nalishga o‘quvchilar qabuli 10% ga oshdi. Umumiy kabul kvotasi esa o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 16 % ga kamaydi.

2019-2020 o‘quv yili qabul rejasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil    4-iyuldagi 1-son bayoni asosida quyidagicha tasdiqlangan:

 

Yo‘nalish nomi

 

Umumiy qabul reja

 

1

Xorijiy filologiya (ingliz tili)

78

2

Xorijiy filologiya (ingliz tili rus)

26

3

Xorijiy filologiya (nemis tili)

26

4

Xorijiy filologiya (fransuz tili)

26

5

Xorijiy filologiya (koreys tili)

26

6

Xorijiy filologiya (yapon tili)

26

7

Xorijiy filologiya (xitoy tili)

26

8

Xorijiy filologiya (arab tili)

26

9

Aniq fanlar (iqtisod)

52

10

Aniq fanlar (texnika)

26

11

Ijtimoiy-gumanitar

26

 

Jami:

364

chop etish