Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Ta’lim sifati — bugunning dolzarb talabi


Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Joriy yilning 22-iyul kunida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakili R.Ruzmetov Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi hamda institut rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ta’lim tizimda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan beshta muhim tashabbusda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan bir qator masalalar va takliflar muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish