Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik jarayoni


Ma’lumki, Samarqand shahrida qad ko‘targan qadimiy “Registon” mavzeyida ko‘p yillardan buyon “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘tkazilib kelinadi.

Hozirgi vaqtda yurtimizda, xususan, Samarqandda ko‘plab mus’ul va mutasaddi tashkilotlar yaqinlashib kelayotgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish harakatlarida. Xususan, Samarqanddagi barcha OTMlar qatori Samarqand davlat chet tillar instituti ham faol ravishda hozirlanmoqda. 
  
Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan, xorijiy tillarni mukammal darajada biladigan, gid-tarjimonlik sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, magistrlar hamda talabalar ham “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalida faollik ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
  
Ayni vaqtda esa tadbirni o‘tkazishda faol ishtirok etadigan Samarqand OTMlari talaba-qizlaridan iborat ijodiy guruh sahna chiqishlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish