Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiyasi g‘oliblari Norvich tillarni o‘qitish institutiga malaka oshirishga yuborilmoqda


 Ma’lumki, 2019-yilda El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiyasiga tanlov e’lon qilingan edi. Samarqand davlat chet tillar institutining 6 nafar professor-o‘qituvchilari tanlov g‘oliblari sifatida Buyuk Britaniyaning Norvich tillarni o‘qitish institutiga malaka oshirishga yuborilmoqda.
      Stipendiyantlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut rektori o‘qituvchilarga xorij safari davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarini, xususan, yangi ped-texnologiyalar va metodlarni o‘rganish, tajriba almashishni hamda sohaga oid darslik va o‘quv adabiyotlari bilan qaytishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi hamda omad tiladi.
       Shuni ham eslatib o‘tamizki, El-yurt umidi jamg‘armasining navbatdagi stipendiyasi uchun tanlov sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar xorijning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib kelishadi.


Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish