Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Italiyaning Napoli shahridagi Sharqshunoslik Universiteti (University of Naples L’Orientale) bilan hamkorlik o’rnatildi


SamDCHTI Italiyaning Napoli shahridagi Sharqshunoslik Universiteti (University of Naples L’Orientale) bilan madaniyat va ilm-fan sohasida Hamkorlik Shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko’ra ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida o’qituvchi va talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiya va seminar-treninglar tashkil etiladi. SamDCHTI talabalari University of Naples L’Orientale da stajirovka o’tashlari mumkin bo’ladi.

2019 yilning sentabr oyida esa ikki nafar University of Naples L’Orientale talabalari SamDCHTIda tashkil etiladigan “O’zbek tili va madaniyati” o’quv kursida ishtirok etishadi.

chop etish