Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Garvard Universitetining professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi delegatsiya tashrifi


Joriy yilning 27-iyul kunida Garvard Universiteti professor-o‘qituvchilari boshiligidagi Xitoyning eng nufuzli universitetlarining yoshlar yetakchilaridan iborat 30 nafar delegatsiya Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida o‘zaro talaba-yoshlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, mustahkamlash, xalqlarning o‘zaro madaniyati, urf-odatlari, an’analarini  targ‘ib etish kabi masalalarni kelgusida amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish