Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik


Samarqand shahrida qad ko‘targan qadimiy “Registon” mavzeyida ko‘p yillardan buyon “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘tkazilib kelinadi. Joriy yilda mazkur tadbir 26-30 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda yurtimizda, xususan, Samarqandda ko‘plab mus’ul va mutasaddi tashkilotlar yaqinlashib kelayotgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish harakatlarida. Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti ham faol ravishda hozirlanmoqda.   
Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan, xorijiy tillarni mukammal darajada biladigan, gid-tarjimonlik sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, magistrlar hamda talabalar ham “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalida faollik ko‘rsatish maqsadida suhbat asosida saralanib olinmoqda.

chop etish