Bosh sahifa Yangiliklar Majlislar

SamDChTI kelgusidagi rejalarini belgilab oldi


Joriy yilning 7-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida institut rahbariyati, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va boshqa rahbar xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida institut ilmiy salohiyatini oshirish, jamoani yanada faollikka jalb etish, institutning barcha sohalardagi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quv adabiyotlari hamda darslik qo‘llanmalar chiqarish, institutga xorijlik talabalar va xorijlik professor-o‘qituvchilarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, kelgusida ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarni ochish hamda har bir ta’lim yo‘nalishlarida matbuot kotibi lavozimi joriy qilinishi kabi rejalar ham aytib o‘tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish