Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan SamDChTI o'qituvchilari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" jamg‘armasi xomiyligida SamDChTIning bir guruh o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Norvich tillarni o‘qitish institutiga malaka oshirishga yuborilgan edilar.      
Hozirda ular NILEning professor-o‘tivchilaridan Ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha eng so‘nggi pedagogik texnologiyalari va innovatsion g‘oyalari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Samarqandlik yosh o‘qituvchilar  Ingliz tilini o‘qitish, tanqidiy firklash, nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tiliga o‘rgatish kabi kurslardan tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida faol qatnashib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Malaka oshirish jarayonida kurs tinglovchilari, shuningdek, ingliz xalqi madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, Buyuk Britaniyaning tarixiy shaharlariga ham safarga chiqishmoqda. Jumladan, kurs tinglovchilarining Yevropaning eng ilg‘or universitetlari joylashgan Kembrij shahriga tashrifini aytib o‘tish mumkin. Bu shahar o‘z tarixi va hozirgi kunda ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi bilan o‘zbekistonlik o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.
SamDChTI jamoasiga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ulardan yaxshi xabarlar kutib qolamiz.

chop etish