Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining Qurbon hayiti munosabati bilan aytilgan tabrik so‘zlari


Assalomu alaykum, hurmatli Samarqand davlat chet tillari instituti jamoasi hamda aziz yurtdoshlar! Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik  va saxovat ayyomi – muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 Bu qutlug‘ bayramda hammamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Sizlarga sog‘lik, salomatlik, oilangizga tinchlik totuvlik tilab qolaman,  ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli, saxovatli ishlaringizni Olloh  ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimiz nufuzi borasidagi fidokorona faoliyatingizga omadlar yor bo‘lsin!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman. Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik bardavom bo‘lsin! Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin!

Ollohning rahmati sizga bo‘lsin,
Qalbingiz yanada iymon, nurga to‘lsin.
Shukurkim yetkazdi ulug‘ kunlarga,
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov

chop etish