Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Sharq taronalari: 26-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 19-avgust kunida Samarqand shahar Yoshlar markazida “Sharq taronalari” XII musiqa festivali o‘tkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan hokimlik vakillari,  barcha tashkilot rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektor hamda  prorektorlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va Samarqand davlat chet tillar institutidan saralab olingan  tarjimon-volontyorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand shahrining qadimiy yodgorlik minoralaridan bo‘lmish “Registon” maydonida joriy yilda “Sharq taronalari” XII musiqa festivali o‘tkaziladi. Mazkur festival 26-30 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Hozirda Samarqandda ko‘plab mas’ul va mutasaddi tashkilotlar yaqinlashib kelayotgan “Sharq taronalari” musiqa festivalini o‘tkazish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Jumladan, mazkur tadbirni tantanali hamda ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun alohida guruhlar tuzilib, har bir guruhga Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ko‘rsatma va topshiriqlar belgilandi. 

Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati “Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik jarayonlarida faol ravishda ishtirok etib kelmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish