Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Akademik ta’tildan qaytgan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi


Joriy yilning 22-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olgan va akademik ta’til olgan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda akademik ta’tildan qaytgan talabalar ishtirok etishdi.

Akademik ta’tilda bo‘lgan talabalarning qayerda bo‘lganliklari, qanday ish bilan shug‘ullangani, mutaxassisligi bo‘yicha o‘z ustida biroz bo‘lsa-da ishlaganmi, yo‘qmi, shuningdek, chet davlatlarga ishlash uchun chiqqanmi yo‘qmi kabilar to‘g‘risida talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. 

Ta’tildagi talabalarning aytishicha, ba’zilari xorij davlatlariga ishlash uchun, ba’zilari o‘qish uchun borishgan,  ba’zilari esa uyida hech qanday ish bilan shug‘ullanishmagan. Ahamiyatlisi shundaki, ta’til jarayonida London va Koreyada o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olib qaytgan talabalar ham bor.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish