Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

O‘z ta’lim yo‘nalishini boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirayotgan talabalarga imtihon o‘tkazildi


Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim oluvchi hamda 2019-2020 o‘quv yilida o‘z ta’lim yo‘nalishini boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza bilan murojaat qilgan talabalar uchun 2019-yilning 22-avgust sanasi soat 10:00 da Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida imtihon bo‘lib o‘tdi.

Talabalar o‘qishini ko‘chirayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha yozma hamda o‘g‘zaki savol-javoblar, tinglab turib tushunish, berilgan matnni o‘qish hamda yozish kabi sinovlar yuzasidan imtihon topshirishdi.

Imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar yangi yo‘nalishda o‘qishlarini davom ettirishadi, sinovlardan o‘ta olmaganlar talabalar esa aksincha o‘z ta’lim yo‘nalishida davom etishadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish