Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

Xorijiy abituriyentlar suhbatdan o‘tishdi


Ma’lumki, Samarqand davlat chet tillar institutida bir necha yillar davomida xorijiy talabalar ham ta’lim olib kelishmoqda. Ta’lim olish bilan bir qatorda xorijiy talabalarga turar joy, o‘quv adabiyotlari bilan tanishishi hamda kompyuter texnologiyalaridan istalgan vaqtda foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan va bu imkoniyatlardan muntazam ravishda foydalanib kelishmoqdalar.

Joriy yilning 23-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim olishni xohlovchi xorijiy abituriyentlar suhbatdan o‘tishdi. Suhbat jarayonida institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida xorijiy abituriyentlar bakalavr ta’lim bosqichida o‘zlari qiziqqan til yo‘nalishlarini tanlashlari, o‘quv jarayoni qay tarzda olib borilishi, shuningdek, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan qiziqishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bilidirib o‘tishdilar.

SamDCHTI axborot xizmati   A.Abduraimov

chop etish