Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

SamDChTI qo‘shma dashturlari: Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishiga imtihon bo‘lib o‘tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSH hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida "qo‘shma ta’lim dasturlari" tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz. Bakalavriat ta’lim bosqichida 2+2 qo‘shma dasturi asosida Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar) hamda Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan.

Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar)ga 2019-yilning 24-avgust sanasida birinchi smena uchun soat 8:00 da Ingliz tili fakultetlarida imtihon bo‘lib o‘tdi. Imtihonning ikkinchi smenasi 13:00 da boshlandi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida ota-onalar videokuzatuv orqali imtihon jarayonini kuzatib borishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, sinov o‘tkazilgan auditoriyalarning har biriga ham ota-onalar ichidan tanlab olingan vakillarning jonli kuzatuvlari ta’minlandi. E’lon sifatida shuni ham ta’kidlashimiz joizki, Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishga 2019-yilning 26-avgust sanasida Ingliz tili fakultetida soat 8:00 da imtihon bo‘lib o‘tadi.

chop etish