Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xorijiy mehmonlar Samarqandga tashrif buyurishdi


Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Sharq taronalari XII xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi joriy yilning 26-avgust sanasida bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida oldingi xabarlarimizda ham ommaga yetkazib kelyapmiz. Festival 30-avgustgacha bo‘lib o‘tishi belgilangan. Festival munosabati bilan 2019-yil 25-avgust kuni Samarqand shahriga xorijiy mehmonlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlar xorijning turli xil davlatlaridan bo‘lib, bir guruhi Samarqand shahri temir yo'l stansiyasida, bir guruhi Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari, ahamiyatlisi Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlaridan saralab olingan tarjimon-volontyorlar ishtirokida tantanali ravishda karnay-surnay musiqa sadolari ostida, milliy taomlarimizni taqdim etgan holda kutib olindi hamda har bir tarjimon-volontyor o‘ziga biriktirilgan xorijiy mehmoni bilan tanishishdilar.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

chop etish