Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDCHTI: Vebster universitetining darslari boshlandi


Joriy yilning 26-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutiga AQSHning Vebster universiteti professor-o‘qituvchisi DJ Kaiser tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut rektori I.M.Tuxtasinov hamda Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bo‘lib o‘tadigan darslar, darslar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sharoitlar tog‘risida suhbatlashishdilar va endilikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.

Uchrashuvdan so‘ng I.M.Tuxtasinov va O.Y.Yusupovlar birgalikda DJ Kaiserni dars o‘tiladigan xonalar va ulardagi imkoniyatlar bilan tanishtirishdi. 

Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik  “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish”  ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan. Qabul jarayonlari ham, imtihon jarayonlari ham bo‘lib o‘tdi va nihoyat talabalikka qabul qilingan talabalarga dastlabki dars ham boshlandi. Shuningdek, darsni AQSHlik professor-o‘qituvchi DJ Kaiser o‘tib boradi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

chop etish