Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I. Tuxtasinovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi


Sizni xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lgan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz Mustaqilligimizning 28 yillik ayyomi bilan chin qalbdan qutlab, qalbimda bo‘lgan samimiy tilaklarimni bildiraman.

Sizlarga shuni aytmoqchimanki, xalqimiz manfaatlarini hisobga olib, oldimizda turgan buyuk maqsadlarimizga erishish, har tomonlama bilimli, zukko, dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ma’nan etuk va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz beqiyosdir.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Mustaqilligimizning 28 yilligi “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilishi ham oldimizga ulkan vazifalarni qo‘yadi. Bu yo‘lda hormay, tolmay mehnat qilish, el-yurt xizmatida bo‘lish barchamizga nasib etsin.

Qadrdon hamkasblar, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lgan mustaqilligimizning 28 yilligini nishonlashdek ulkan baxtga hammamizni yaratganning o‘zi yana bir bor etkazdi. Xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni jamoamiz orqali chin qalbdan muborakbod etamiz. 1 sentyabrь arafasida diyorimiz yanada chiroy ochdi. Ayniqsa, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining o‘tkazilishi xalqimizning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi. Yurtimiz ko‘chalarida haqiqiy bayram nafasi hukm surmoqda. Barcha hamyurtlarimizni ko‘tarinki kayfiyatda uchratasiz. Istiqlol bayrami hayotimizdagi eng katta ayyom, desak yanglishmaymiz. Hamisha ishingiz baroridan kelsin, azizlar! Barchangizni orzu-umidlaringiz ushalishini tilagan holda, O‘zbekistonni bayram shukuhi hech qachon tark etmasin.

SamDChTI rektori

I. Tuxtasinov

chop etish