Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Bitiruvchi bosqich talabalari pedogogik amaliyot sari


Joriy yilning 4-sentabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari pedogogik amaliyotga chiqishi munosabati bilan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda institut prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov bitiruvchi bosqich talabalarga pedagogik amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Jumladan, pedagogik amaliyot jarayonida talaba ta’lim muassasasi an’analari bilan tanishishdan tashqari, ilg‘or o‘qituvchilarning ish-tajribasini o‘rganishi, o‘quv va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishi, ahamiyatlisi, darsda qo‘llaniladigan darslik hamda metodik qo‘llanmalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishi lozim. Shu bilan bir qatorda sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish, uni o‘tkazish, o‘quvchilarning to‘garaklariga rahbarlik qilish, iste’dodli o‘quvchilar bilan ishlash va ularning fanga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning uslubiy yo‘llarini o‘rganishdan iborat.

SamDCHTI axborot ximzati A.Abduraimov

chop etish