Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

4-bosqich talabalari sentabr-oktabr oylarida pedagogik amaliyotni o‘tashadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3151-sonli qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3775-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o‘tashlari tashkil qilinmoqda. 

Pedagogik amaliyot o‘quv jarayonidan uzilgan holda 2019-yil sentabr-oktabr oylarida tashkil etilmoqda va talabalar o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasalarida amaliyotni o‘taydilar.

Ingliz tili-II fakulteti 5111400-xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 8 ta guruh, jami 154 nafar talabalarning pedagogik amaliyoti 2019-yil sentabr-oktabr muddatida Samarqand shahridagi hamda tumanlardagi quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tashlari rejalashtirilgan:

Samarqand shahri bo‘yicha 28 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(1, 2, 3, 7, 9, 10, 13, 16, 17, 22, 26, 29, 30, 33, 34, 35, 39, 40, 41, 45, 50, 54, 57, 59, 60, 63, 71, 77 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Samarqand tumani bo‘yicha 6 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(1, 4, 5, 22, 35, 75 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Urgut tumani bo‘yicha 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(26, 31, 40, 77, 78, 80, 93, 95, 102, 126 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Tayloq tumani bo‘yicha 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(1, 8, 29, 32, 33 39, 42, 47 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Pasdarg‘om tumani bo‘yicha 9 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(20, 21, 27, 40, 45, 49, 50, 69, 112 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Payariq tumani bo‘yicha 4 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(7, 18, 49, 77 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Oqdaryo tumani bo‘yicha 5 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(3,14, 34, 41, 47 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Ishtixon tumani bo‘yicha 3 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari:
(33, 48, 85 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Kattaqurg‘on tumani bo‘yicha 1 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi:
(10 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi);

Bulung‘ur tumani bo‘yicha 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi:
(8, 46 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari);

Nurobod tumani tumani bo‘yicha 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi:
(21, 40, 66 - umumiy o‘rta ta’lim maktablari).

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

chop etish