Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Institut rektorining ota-onalarga tabrigi


Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar, Sizlarni Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan hamda farzandingiz Samarqand davlat chet tillar institutiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Farzandingizga Samarqand davlat chet tillar institutida tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha to‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Sizning vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizga ishonamiz.

Farzandingizga guruh rahbari ustozlik qiladi.

Hurmat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov

chop etish