Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi qizg‘in uchrashuv


Joriy yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.T.Yusupov Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va Ilmiy tekshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov ochib berdi.  

Yig‘ilishda OAK raisi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida gapirib o‘tdi.  

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga A.T.Yusupov atroflicha javob berdi. Uchrashuv qizg‘in muhokama va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Jumladan, ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, doktorlik ishlari to‘g‘risida batafsil fikr hamda takliflar almashinildi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

chop etish