Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Humboldt Universiteti bilan hamkorlik aloqalarning navbatdagi bosqichi


Samarqand davlat chet tillar instituti va Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt Universiteti bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.

2019-yilning 9-sentabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Humboldt universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Germaniya oliygohlari talabalari tashrif buyurishdi. Shuningdak, tashrif buyurgan mehmonlar va institut rektori I.M.Tuxtasinov, Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.N.Berdialiyevlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida muzokaralar o‘tkazildi. Keyingi yillarda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Jumladan, SamDCHTIda germaniyalik talabalar uchun navbatdagi “O‘zbek tili va madaniyati, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand” nomli yozgi kurs tashkil etiladi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

chop etish