Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Ijtimoiy tarmoqlar, xalqning fikrini chalg‘itmang


Hozirda talabalar va ularning ota-onalarini juda o‘ylantirayotgan ahamiyatli jihatlardan biri kontrak narxlari, uni to‘lash tartibi, stipendiya miqdori kabilardir. To‘g‘ri, bu tizim yangilangandan keyin ko‘pchilikning tushunmasligi tabiiy hol. Ma’lumki, har xil ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Daryo — LIVE, DTM AXBOROTNOMASI, Talabalar fikri, Superchi talabalar, Talaba yoshlar kabilar) da tushunarsiz tarqalayotgan ma’lumotlardan talabalar, abituriyentlar va ularning ota-onalari aniq va to‘liq ma’lumotga ega bo‘lisha olmay chalg‘ishda davom etmoqda. 

Hurmatli talabalar va ularning ota-onalari, jumladan, abituriyentlar, mazkur maqolada keltirilgan jarayonga diqqat qilishingizni iltimos qilamiz. Zora sizlarni qiziqtirayotgan va o‘yga solgan savollarga javob topsangiz.  

Joriy yilning  12/13/14/16-sentabr kunlarida Samarqand davlat chet tillar institutida yuqoridagi masalalar yuzasidan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib kelinmoqda. Haqiqatdan ham, aholining tushunmagan jihatlari juda ko‘p. Shaxsan institut rektori Tuxtasinov Ilxom Madaminovichning o‘zlari jarayonlarda ishtirok etmoqda va rahbariyat a’zolari bilan birgalikda ota-onalar hamda talabalar tomonidan berilayotgan savollarga batafsil javob berishmoqda.  

Jarayon ichiga chuqurroq kirib borsak, qanday savol va qanday javoblar berilmoqda?

Ota-onalardan savol: Birinchi bosqich talabalari oyma-oy kontrakt to‘lovlarini qanday tartibda amalga oshirishadi?

Rahbariyat vakillari: Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar faqat birinchi semestrda kontrakt summasining 50% ni birdaniga to‘lashadi, ikkinchi semestrdan boshlab esa oyma-oy bo‘lib to‘lashi mumkin. 2-3-4 bosqich talabalari birinchi semestrda ham ikkinchi semestrda ham oyma-oy bo‘lib to‘lashlari mumkin. 

Talabalardan savol: Hozirda ko‘plab OTMlarda joriy etilgan “Qo‘shma dasturlar” asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar ham kontrakt to‘lovlarini oyma-oy bo‘lib to‘lashlari mumkinmi?

Rahbariyat vakillari: Ha, albatta, mumkin. Yuqorida keltirganimizdek, ushbu dastur asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar ham dastlabki semestrda kontrakt to‘lov miqdorining 50% ni birdaniga to‘lashadi, keyingi semestrlarda oyma-oy bo‘lib to‘lasalar ham bo‘ladi.

Talabalardan savol: Oliygoh rektori tomonidan beriladigan stipendiya miqdorining 50% lik rag‘batiga limit bormi va uning uchun nimalar qilishi kerak?

Rahbariyat vakillari: Ha, limit bor. Aniqrog‘i, qanday talabalar bunga sazovor bo‘lishadi? Dars jarayonida faolligi, imtihon baholarining a’lo ekanligi, ma’naviy, ma’rifiy, ilmiy tadbirlardagi faolligi inobatga olinadi. Bundan tashqari barcha fanlarni beshga o‘zlashtirgan talabalar stipendiyaning 15% lik ustamasiga ham ega bo‘lishadi. Qarabsizki, talabaning stipendiyasi 400 ming so‘mni tashkil etsa,  a’lo bahoga o‘qigan talabalaga rektor stipendiyasi ya’ni 50% foiz 200 ming so‘m qo‘shiladi va 600 ming so‘mni tashkil etadi, jumladan, avtomatik tarzda 15%  ya’ni 60 ming so‘m ustama ham unga qo‘shiladi, xullas, 660 ming so‘m jami stipendiya miqdoriga talaba ega bo‘lishi mumkin.

Ota-onalardan savol: Agarda talabalar stipendiya olmasdan kontrakt to‘lashsa, qancha miqdorda to‘lovni amalga oshirishadi?

Rahbariyat vakillari: Talabalar stipendiyasiz kontrakt to‘lovini amalga oshirishdi deb tasavvur qilamiz. O‘quv yili davomida talabaning bir yillik stipendiyasi 4 mln 800 ming so‘mni tashkil etadi va misol uchun kontrakt to‘lovining umumiy miqdori 11 mln deb belgilanadigan bo‘lsa, umumiy miqdordan 4 mln 800 ming so‘mni ayirib tashlaymiz (4 mln 800 ming so‘m talabaning puli hisoblanadi sodda qilib aytganda).  Qolgan kontrakt to‘lovining miqdori 6 mln 200 ming so‘mni tashkil etadi. Bu miqdorni o‘quv yili davomida ikkiga bo‘lib to‘lagan taqdirda 3 mln 100 ming so‘mni tashkil etadi. 

Talabalardan savol: Davlat grantida o‘qiyotgan talabalarda stipendiya tartibi qanday bo‘ladi?

Rahbariyat vakillari: Davlat grantida ta’lim oluvchi talabalar ham hamma qatori bir xil stipendiya olishadi, ya’ni 400 ming so‘m.

Agarda sessiyada 30% fanlarni qoniqarli ravishda o‘zlashtirishsa, keyingi semestrda stipendiyadan mahrum bo‘lishadi.

Xulosa shuki, ijtimoiy tarmoqlardagi “kontark oshdi”, “stipendiya tushdi” kabi iboralarga e’tibor qilishdan oldin vazirliklarning rasmiy sahifalariga diqqat qilishingizni iltimos qilar edik. Masalan, edu.uz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti, @eduuz  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram sahifasi. O‘zingizga kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni topish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish