Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

O‘zbek adabiyoti jahon nigohida


Samarqand davlar chet tillar instituti

Ilxomjon Tuxtasinov  tarjimalari

XX asrda xorijiy tillardan o‘zbek tiliga bilvosita va bevosita tarjima amaliyoti tezkor rivojlandi. Ingliz, nemis, fransuz adabiyotida ayrim asarlar o‘zbek tiliga to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilina boshlandi. Bu tarjimalar haqida bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi va mazkur dissertatsiyalarda endilikda xorijiy tillardan o‘zbek tiliga yoki, aksincha, o‘zbek tilidan xorijiy tillarga bevosita tarjima amaliyotiga o‘tish to‘g‘risida fikrlar bildirildi…

Tarjimonlik sohasida, ya’ni o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima ishlari bilan shug‘ullanuvchi olimlar haqida gapira olasizmi? 

Mustaqillik yillarida, xususan, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining nodir asarlarini xorijiy tillarga tarjima qiluvchi bir qator olimlar maydonga chiqdi. Jumladan, N.Qambarov, I.Tuxtasinov (Hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori), B.Xolbekovalar o‘zbek tilidan ingliz tiliga, M.Akbarov, N.Qambarovlar o‘zbek tilidan nemis tiliga, Sh.Minavvarov, A.Ko‘chiboyevlar o‘zbek tilidan fransuz tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullandilar.

Mazkur tarjimonlar ichida hozirda eng samarali ijod qilayotgan olimlardan biri Ilxomjon Tuxtasinov o‘zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanib, Alisher Navoiy g‘azallarini, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Tohir Malik romanlari hamda G‘afur G‘ulom qissalarini tarjima qilib, nashr ettirdi. 

O‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima qilish amaliyoti mustaqillikdan oldin ham mavjud edi. Ammo bu tarjimalar bilvosita xorijiy tillarga rus tili orqali tarjima qilingan.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Ilxomjon Tuxtasinovning muvaffaqiyati nimada? 

Ilxomjon Tuxtasinov o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining nodir asarlarini ingliz tilini mukammal bilgan holda tarjima qilgan va o‘z tarjimalarini ingliz zaboniga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislarga tahrir qildirgan. Uning barcha o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan asarlari ham aynan mana shu jihati bilan ahamiyatlidir. Uning tarjima amaliyoti sohasida amalga oshirilgan ishlarini xorij hamda o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi madaniyatlararo ko‘prik deb ham atashimiz mumkin.

Ilxomjon Tuxtasinovning navbatdagi tarjima asaridan xabaringiz bormi?

Hozirda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani ustida ham tarjima ishlarini davom etkazmoqdalar. Ushbu roman AQSHlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi va tez kunlarda Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining  ingliz tilidagi variyanti barcha kitobxonlarga taqdim etiladi.


Asilbek Abduraimovning SamDCHTI professori Muhammadjon Xolbekovdan olgan intervyusidan

chop etish