Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Respublikamizda joriy yilning dekabr oyida saylov bo‘lib o‘tishi kutilmoqda


2019-yil dekabr oyida Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo'lib o'tishi munosabati bilan yurtimizga xorijlik mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Jarayonda ishtirok etish va xorijlik mehmonlarga kuzatuvchi sifatida jalb qilinadigan Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimon-volontyorlari hamda tadbirga mas'ul ishchi guruh a’zolari o‘rtasida ikkinchi marotaba joriy yilning 26-sentabr kuni institut faollar zalida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar safidan saralab olingan tarjimon-volontyorlarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi hamda saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha normativ hujjatlar bilan tanishtirildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati 

chop etish