Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

“Talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyat IIB yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Talabalar turar joyida hamda ijarada yashovchi talabalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev ochib berdi va tadbir qatnashchilarini tanishtirdi hamda ta’lim maskanimizda turli huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida talabalar turar joylari, ijarada yashovchi va ota-onasidan yiroq bo‘lgan talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda, deb ma’lumot berdi hamda birinchi o‘rinda talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda asosan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan talabalarni joylashtirish, uzoq viloyatlardan kelgan talabalarni yotoqxona bilan taminlashni ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng Samarqand viloyat IIB yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.Ubaydullayev so‘zga chiqib, har bir fakultetning yillik ish rejasida talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalar bilan darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalashtirilgan. Fakultet dekanatlari haftaning oxirgi shanba kuni olib borilgan ishlar hisobotini eshitishlari belgilangan. Institutning ijarada yashovchi talabalarining shahar mahallalaridagi tartib-intizomi, ularning yashash sharoiti, turli mavzularda o‘tkaziladigan tadbirlari mahallani nazorat qiluvchi hudud nozirlari, mahalla oqsoqoli, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilgan holda olib borilmoqda. Instututning ijarada turuvchi talabalarining aksariyat ko‘pchiligi institut atrofidagi mahallalarda joylashganligini ma’lum qildi hamda mahalla raislari bilan talabalar holidan xabar olinmoqda, deb ma’lumotlar berdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish