Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIda indoneziyalik mutaxassis Davim Budiavan faoliyat boshladi


Joriy yilning 3- oktabrida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov Indoneziyaning Lampung shahri Radina Intana nomidagi Islom davlat universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchi Davim Budiavan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i ham bevosita ishtirok etdi. 

Ucharshuv davomida institut rektori I.M.Tuxtasinov institutdagi ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik mutaxassislar hamda xalqaro hamkorliklar, xususan, Indoneziyaning bir qancha oliy ta’lim muassasalari bilan hozirda mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi va jadal ravishda rivojlanayotganligi hamda indoneziyalik mutaxassis Jamaluddin Nasutionning samarali faoliyat ko‘rsatib ketganligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi.

Endilikda 2019/2020 o‘quv yili davomida indoneziyalik mutaxassis Davim Budiavan Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib boradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish