Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Institut tasarrufidagi akademik litsey o'qituvchilari attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi № 392-sonli Qarori “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini  attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga ko‘ra hamda SamDChTI rektorining 2019-yil 3-apreldagi № 296-sonli buyrug‘iga muvofiq joriy yilning 27-sentabr kuni institut tasarrufidagi akademik litseyning 8 nafar o‘qituvchisi Nizom asosida attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan o‘tkazildi. 

Ushbu jarayonda institut ma’muriyatidan komissiya raisi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Sh.Ro'ziqulov, komissiya raisi o‘rinbosari, institut tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Shermatov, bo‘lim bosh mutaxassisi S.A.Bozorov va boshqa malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

Bunda komissiya a’zolari birinchi bosqich natijalarini tahlil qildi va attestatsiya jarayonida to‘plangan hujjatlar portfoliyasi o‘rganildi. Natijada 8 nafar pedagog-kadrlarning 1 nafari  malaka toifasida (lavozimida) qoldirildi va 6 nafariga tegishli toifa (lavozim) berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

chop etish