Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTIda “O‘zbekiston Qahramoni” bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisidir. O‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lgan bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 

Shu munosabat yuzasidan joriy yilning 4-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida muhtaram Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi X.N.Normuradov va institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ucharshuv davomida Qahramonimiz X.N.Normuradov ishtirokchilarga hayotiv hamda kitobiy tajribalari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Shuningdek, talaba-yoshlarning xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari uchun o‘zining ko‘rsatma va takliflarini ham bildirib o‘tdi.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ancha yillar davomida tarjimonlik sohasida samarali mahnat qilib kelayotgan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinovning tarjima asarlarini ham e’tirof etib o‘tdi. Jumladan, adib Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munasabati bilan uning “Mehrobdan chayon” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilganligi hamda yaqin kunlarda ommaga taqdim etilishi to‘g‘risida ham alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Mazkur dargohda tahsil olgan Ustoz X.N.Normuradov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda uchrashuv so‘ngida Uztozga institut rahbariyati tomonidan esdalik savg‘alar tuhfa etildi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish