Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Hamkorlikning yangi jabhalarini tashkil etilmoqda


Barchaga ma’lum, hozirgi vaqtda yurtimiz hamda Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti ham Rossiya Federatsiyasining bir nechta oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkam tarzda davom etkazib, rivojlantirmoqda.

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan va hozirda talabalar ushbu dastur yuzasidan o‘quv jarayonlarini davom etkazishmoqda.

Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilayotgan "O‘zbekiston kunlari" doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti delagetsiyasi institut prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov ishtirokida Altay davlat pedagogika universitetiga tashrifni amalga oshirishdi. Tashrif davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda hamkorlikning yangi jabhalarini tashkil etish borasida fikr hamda takliflar almashinildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish