Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Fransiyalik sayyohlar SamDCHTI talabalari bilan uchrashishdi


Joriy yilning  8-oktabr kuni fransuz tili va adabiyoti kafedrasi hamda "Orient Voyage" sayyohlik agentligi hamkorligida tashkil etilgan fransiyalik sayyohlar va talabalar uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Dastavval, kafedra o'qituvchisi N.Po'latova sayyohlarga institutimiz tarixi, ta'lim jarayoni hamda institutda talabalarning fransuz tilini o'rganishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so'zlab berdi. Talabalar esa kelgan mehmonlarga o'zlari kelajakda qaysi sohada faoliyat olib borish niyatida ekanligi haqida o'z fikrlarini bildirishib o'tishdi. Keyinchalik sayyohlar va talabalar o'zlarini qiziqtirgan mavzularda suhbat olib borishdi.  

Uchrashuv yakunida fransiyalik mehmonlar talabalarning bilim salohiyati va ularning fransuz tilini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi hamda institutda yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi. Shuningdek, ular o'zbek yoshlari bilan bo'lib o'tgan dildan suhbat juda mazmunli o'tganligini ta'kidlab, buning uchun institut va kafedra ma'muriyatiga hamda talabalarga minnatdorchilik izhor qilishdi.

Fransiyalik mehmonlar "Fransuz tili markazi" kutubxonasi uchun  turli xil fransuz tilidagi adabiyotlar taqdim etishdi. O'ylaymizki, bu kabi uchrashuvlar fransuz tilini o'rganayotgan talabalarning  ishtiyoqini yanada kuchaytirgan holda fransuz tilidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi. 

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish