Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Qo‘shma ta’lim dasturlari: Sunchunyan universiteti taqdimoti


Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSH hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida "qo‘shma ta’lim dasturlari" tashkil etilganligi to‘g‘risida yangiliklarimizda ko‘p bora ommaga havola etib bordik.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz. Bakalavriat ta’lim bosqichida 2+2 qo‘shma dasturi asosida Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi (30 nafar) hamda Altay pedagogika universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (30 nafar) ta’lim yo‘nalishlari tashkil etilgan. 

Sunchunyan universiteti (Janubiy Koreya) vakillari 2019-yilning 8-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida institut rahbariyati vakillari bilan suhbat o‘tkazildi hamda hozirda Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilingan va tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Ucharshuv davomida Sunchunyan universitetidagi ta’lim jarayonlari, yaratilgan imkoniyatlar, professor-o‘qituvchilar hamda universitet haqida atroflicha ma’lumotlar bilan talabalarni tanishtirib o‘tishdi hamda taqdimot o‘tkazishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish