Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Finlandiyalik Kalliomaki Merja Riitta Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatadi


Joriy yilning 9-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga finlandiyalik ingliz tili mutaxassisi Kalliomaki Merja Riitta tashrif buyurdi hamda institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev hamda Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri L.Abdullayevalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Ucharshuv davomida institut rektori I.Tuxtasinov institutdagi ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan 21 nafar xorijlik mutaxassislar hamda xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Kalliomaki Merja Riittani batafsil tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida finlandiyalik ingliz tili mutaxassisi Kalliomaki Merja Riitta institut rektori I.Tuxtasinovning tarjima asarlariga qiziqish bildirdi va kelgusida ilmiy tadqiqot ishlarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.

Endilikda Kalliomaki Merja Riitta Samarqand davlat chet tillar institutida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish