Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Salom, oliy dargoh — safimizga chorlaymiz


Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olishni boshlagan birinchi boshqich talabalari sharafiga joriy yilning 11-oktabr kuni “Salom, oliy dargoh – safimizga chorlaymiz” shiori ostida juda keng miqiyosida tantanali katta tadbir o‘tkazildi. Tadbir boshlanishida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi barcha qatnashchilar ishtirokida ijro etildi. Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

“O‘zbekiston mustaqillikka erishgach davlatimiz va uning oqil rahbarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan odilona siyosati natijasida turli sohalarda mislsiz ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar samarasi o‘laroq 2019-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son qonuni qabul qilinganini alohida e’tirof etish kerak. Chunki hali tarixda hech bir davlatda yoshlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmagan.

Institutimizning xalqaro aloqalari kun sayin rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda dunyoning mashhur yetuk oliy o‘quv yurtlari bilan 50 dan ortiq o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalarda o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qo‘shma konferensiyalar o‘tkazish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirish dasturlariga keng o‘rin ajratilgan. Institutda xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida 11 ta til va madaniyat markazi tashkil etilgan bo‘lib, ularda talabalarning zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, interfaol uslubda til o‘rganish, madaniyat, adabiyot, san’at sohasida yangiliklardan muntazam xabardor qilishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari 20 dan ortiq xorijiy mutaxassislar yordamida amalga oshirib kelinmoqda”.

Tadbir avvalida institut rahbariyati vakillari tomonidan birinchi boshqich talabalariga talabalik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, tadbir davomida ustozlarga, oliygohga atalgan she’r hamda kuy-qo‘shiqlar, ko‘ngilochar raqslar,  sahna ko‘rinishlari, quvnoq va zukko talabalarning chiqishlari institut talabalari tomonidan ijro etildi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish