Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

“Oila va nikoh munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi


Joriy yilning 16-oktabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Oila va nikoh munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani B.Odilov so‘zga chiqib, tadbirni ochib berdi hamda tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi.

“Barchaga ma’lumki, hozirda oila va nikoh munosabatlari har doimgidanda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha sohadagi islohotlarda oilaning o‘rni muhimdir. Oila – muqaddas. Oilalarimiz tinch ekan, islohotlarimiz samarasi yanada yuqori ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topib boraveradi” (fakultet dekani B.Odilov nutqi)

Tadbir ochilib berilgach, so‘z Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudiyasi F.Qarshiyevga berildi. 

O‘zR Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilganligi, unda oila davlat tomonidan himoya qilinishi kafolatlanganligi, nikoh oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar zimmasida katta mas’uliyat mavjudligi to‘g‘risida F.Qarshiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish